ANADIR QO’LTIG’I
ANADIR QO’LTIG’I – Bering dengizining shimoliy-g’arbiy qismidagi qo’ltiq. Chukotka yarim oroli va Osiyo materigi oralig’ida. Dengizdan kiraverishda eni 400 kilometr. Uzunligi 278 kilometr. Chuqurligi 105 metrgacha. Anadir qo’ltig’iga Anadir daryosi qo’yiladi. Sohilida Anadir porti bor.