Anahita

Anahita-zardushtiylik dinida obodonchilik va farovonlik ma’budasi. Qadimgi dehqonlar yog’ingarchilik va hosildorlikni Anahitaning mo’jizasi deb hisoblashgan. Anahitani bir qo’lida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda Anahitaning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.