ANALITIK FALSAFA

ANALITIK FALSAFA – 20-asr falsafasidagi g’arbiy, asosan ingliz-amerikacha yo’nalish; falsafani bilishning asosan til vositalari orqali tahlili deb tushunadi; neopozitivizmning boshqa bir ko’rinishi. Asosiy oqimlari: 1) mantiqiy tahlil qilish falsafasi; zamonaviy matematik mantiq vositalari — mantiqiy empirizm (R. Karnap, K. Gempel, F. Frank) va mantiqiy pragmatizmagm foydalanadi (U. Kuayn, N. Gudmen); 2) tilshunoslik falsafasi.