«ANDIJON» MEHMONXONASI
«ANDIJON» MEHMONXONASI -Andijondagi zamonaviy bino. O’zbekiston davlat loyihalash institutida ishlangan loyiha asosida milliy me’morlik an’analaridan foydalanib qurilgan (1967, me’mori N. Hojibekov). Bino uch qavatli. Birinchi qavatda ma’muriy va maishiy xizmat ko’rsatish xonalari, qahvaxona va boshqa xo’jalik xonalari, ikkinchi va uchinchi qavatida mehmonlar uchun 200 o’rinli xonalar joylashgan. Mehmonxona tepasiga ishlangan ustunli shiypon, bosh binoga taqab qurilgan restoran, yuqorisidagi ayvon-choyxona binoga ko’rkamlik baxsh etgan. «Andijon» mehmonxonasi joylashgan Bobur nomidagi markazi y maydonda Andijon teatri va kinoteatr ma’muriy binolar bilan uyg’unlashtirilib yaxlit me’moriy ansambl yaratilgan.