ANDIJON SVITASI

ANDIJON SVITASI – Janubiy Farg’onaning yuqori neogen yotqiziqlarida joylashgan jinslar majmuasi: 1935 yilda O. S Vyalov mustaqil svita sifatida ajratgan. Konglomerat, qumtosh va gildan iborat. Qalinligi 550 metrgacha. To’g’on svitasining ustida va So’x svitasining tagida yotadi. Andijon svitasida ikkilamchi xarakterga ega neft konlari borligi aniqlangan va geologik tuzilishi o’rganilgan.