ANDIJON VILOYAT ADABIYOT VA SAN’AT MUZEYI
ANDIJON VILOYAT ADABIYOT VA SAN’AT MUZEYI — Andijon shahridagi o’zbek adabiyoti va san’ati asarlari tuplangan muassasa. 1989 yil viloyat o’lkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib mustaqil faoliyat ko’rsata boshlagan. Andijon shahridagi me’moriy yodgorlik Ahmadbek hoji mehmonxonasi (muzey ma’muriyati va san’at bulimi) hamda Ark ichi (adabiyot bo’limi) me’moriy yodgorligida joylashgan. 1975 yil O’zbekiston qo’lyozmalar instituti adabiyot muzeyining Andijon bo’limi sifatida H. Sulaymonov tashabbusi bilan Andijon jome masjidi majmuasida ochilgan. 1978 yildan viloyat o’lkashunoslik muzeyi ixtiyorida, tasviriy va amaliy san’at bo’limi tashkil etildi. Muzeyning umumiy jamg’armasi 3718 ta bo’lib, adabiyotlar (2565 ta), tasviriy va amaliy san’at asarlari (1000 dan ortiq) to’plangan. Muzeyda respublika va viloyat miqyosidagi turli davrlarda xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari, tasviriy san’at asarlari, Sharq mutafakkirlari qo’lyozma va toshbosma asarlari, hozirgi davr adabiy muhitini aks ettiruvchi materiallar saqlanadi. Jumladan, Bobur bo’limida Bobur hayoti va ijodiga oid boy materiallar, tarixiy manbalar to’plangan; Jomiyning «Devon»i, A. Bedilning «Kulliyot»i va boshqa qo’lyozma asarlar diqqatga sazovor. Muzeyda turli mavzuda ko’rgazmalar tashkil qilinadi.