Angariya

Angariya (lotincha angarie, yunoncha aggareia)-1) Rim imperiyasi, Vizantiya, o’rta asrlar Yevropasida davlat majburiyati turi, aloqa bekatlariga xizmat ko’rsatish (Sharqdagi yomlar kabi). Shuningdek, feodal foydasiga barshchina boshqa majburiyatlarni o’tash; 2) xalqaro huquqda urushayotgan mamlakatlar tomonidan o’z portlarida turgan betaraf mamlakat savdo kemalarini harbiy maqsadlarda foydalanish uchun egallab olish. 1907 yilgi Gaaga konvensiyasi Angariyaning betaraflikni qo’pol ravishda buzish ekanini e’tirof etgan.