ANGARSK
ANGARSK — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyatidagi shahar (1951 yildan). Angara daryosi bo’yidagi pristan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 268,8 ming (1992). 1954 yildan yirik neft-kimyo kombinati ishlay boshladi. Qurilish sanoati korxonalari (yig’ma temir-beton, tsement, keramika mahsulotlari va boshqalar), elektromexanika zavodi, yog’ochsozlik, mashinasozlik sanoati korxonalari, tikuvchilik fabrikasi, go’sht kombinati, texnologiya instituti bor.