ANGIOMA
ANGIOMA (angio… va Yunoncha ota — o’sma) — qon yoki limfa tomirlarida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning noto’g’ri o’sishidan vujudga keladi. Ko’pincha terida (yuz yoki badandagi nor), ba’zan jigar, miya va boshqa a’zo hamda to’qimalarda uchraydi. Kapillyar, govaksimon va shoxsimon Angioma bo’ladi. Elektrokoagulyasiya, rentgen va radioaktiv nurlar hamda jarrohlik usuli bilan yo’qotiladi.