ANGKOR
ANGKOR — Kambodja (Siyom Reap shahri yaqini)dagi hashamatli saroy, ibodatxona, suv ombori va kanallardan iborat majmua. 9-13-asrlarda qurilgan (hozir tarixiy muzey — qo’riqxona). Kambodja poytaxtidagi qad. shahar xarobasini o’z ichiga olgan —Yashodxarapuri (9-asr oxiri) va Angkor Txom (12-asr oxiri — 1432; murabba tarhli, maydoni 9 kilometr kvadrat. Markazida bayon ibodatxonasi), asosi toshdan, yuqorisi yog’ochdan ishlangan saroylar, «g’or ibodatxonalar» pog’onali piramida ko’rinishida, shuningdek yirik Angkor vat (taxminan 1113 — 50; maydoni 1300×1500 metr) haykaltaroshlik bezaklariga boy. Bezaklardagi burtma tasvirlarda «Mahabharata» mazmunlari katta urin egallaydi, geometrik jihatdan mustahkam reja asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. «Fop — ibodatxona» atrofi ravokuti ustunlar qatori va darvozaxonasi ko’shkli, burchaklari minora — burjli. Majmua tashqaridan kanal bilan o’ralgan.