ANGLIYA-FRANTSIYA-ISROILNING MISRGA QARSHI AGRESSIYASI
ANGLIYA-FRANTSIYA-ISROILNING MISRGA QARSHI AGRESSIYASI (1956) — Suvaysh kanalini bosib olish maqsadida uyushtirilgan bosqinchilik. 29 oktabrda Isroil qo’shinlari Misr hududiga bostirib kirdi; 31 oktabrda ingliz va frantsuz qurolli kuchlari Misrni bombardimon qildi va 5 noyabrda Port Sayd atrofiga qo’shin tushirdi. Sobiq SSSR, AQSh va BMT tomonidan ko’rilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlar Buyuk Britaniya va Frantsiyani 1956 y. dekabrda, Isroilni esa 1957 yil martda o’z qo’shinlarini Misrdan olib chiqib ketishga majbur qildi.