ANGLIYA –TRANSIORDANIYA SHARTNOMALARI

ANGLIYA –TRANSIORDANIYA SHARTNOMALARI (1928, 1946, 1948) -1928 yil 20 Fevralda Quddus (Ierusalim) da Angliya va Transiordaniya (Iordaniya) o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra, Angliya Transiordaniyada (Buyuk Britaniyaning mandat hududida) hokimiyatni rasman amirga topshirgan holda, uning tashqi siyosati, moliya va qurolli kuchlari ustidan nazoratini saqlab qoldi. 1946 yil 22 martda Londonda imzolangan shartnomada Angliyaning Transiordaniyani boshqarish mandati rasman bekor etildi, u mustaqil Qirollik deb e’lon qilindi. Lekin Transiordaniya hududida qo’shin tutib turish va harbiy bazalar qurish huquqi joriy etilaverdi. 1948 yil 15 martda Ammon shahrida tuzilgan shartnoma Iordaniyaning Angliyaga qaramligini saqlagan holda Iordaniya ma’murlarining vakolatlarini bir muncha kengaytirdi. Shartnoma 1957 yilda bekor etildi.