ANGLOSAKSLAR
ANGLOSAKSLAR – 5-6-asrlarda Britaniyani bosib olgan german qabilalari — angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 — 10-asrlarda o’zida kelt xususiyatlarini singdirgan saks elati shakllandi. Anglosaklar brittlar va skandinaviyaliklarga qarshi birlashish va kurashish jarayonida xalq sifatida shakllandi. Normandlar istilosidan (1066) so’ng Anglosaklar Angliyaga kelib joylashgan danlar, norveglar, Frantsiyadan kelganlar (normandiyaliklar) bilan aralashib, ingliz xalqining tarkib topishiga asos bo’lganlar.