ANJOMASOZLIK
ANJOMASOZLIK – temirchilikning anjoma yasovchi sohasi. Anjomasozlik, asosan, yirik shaharlarda rivojlangan. O’tmishda anjoma turlarini bir ustaning o’zi yoki bir necha maxsus usta yasar edi. Anjomasozlik ishlari ham pichoqchilik, taqachilik kabi bozorda maxsus ishxona (do’kon)da olib borilardi. Anjomasozlik do’konida usta, korgar, devonavachcha va damgarlar ishlardi. Korgar va devonavachchalar «arvohi pir» bergan xalfalar bo’lib, damgarlikni shogird olib borardi. Keyingi yillarda xalq hunarmandchiligiga e’tibor kuchayib, Anjomasozlik ham rivojlanmoqda.