ANOD BATAREYASI

ANOD BATAREYASI – bir necha galvanik element yoki akkumulyatoram tashkil topgan va elektron lampalar anod zanjirini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan kuchlanish manbai. Kimyoviy tok manbalarini o’zaro ketma-ket (kuchlanishni oshirish uchun) va parallel (tok kuchini oshirish uchun) ulash mumkin. Anod batareyasi ko’pincha o’zgaruvchan va o’zgarmas tok tarmog’i bo’lmagan joylarda ishlatiladi.