ANTAKIYA
ANTAKIYA — Turkiyaning Janubdagi shahar. O’rta dengiz yaqinida. Xatay elining ma’muriy markazi. Aholisi 124 ming kishi (1990). To’qimachilik, paxta tozalash, yog’-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga miloddan avvalgi 300 yilda Oront daryosi bo’yida Salavk I asos solgan va Antioxiya deb atagan. Salavkiylar davlatining poytaxti bo’lgan. 64 yildan keyin Rim tasarrufidagi Suriya provintsiyasi noibining qarorgohi. 6-7-asrlarda Vizantiya tarkibida bo’ldi. Qadimda va O’rta asrlarda savdo-hunarmandchilik rivojlangan shaharlardan edi. 6-asrda shaharni Eron qo’shinlari vayron qilgan. 1516 yildan Turkiya tarkibida va o’sha davrdan Antakiya deb atalgan. 3-13-asrlarga oid me’morlik yodgorliklari saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.