ANTIKLINORIY

ANTIKLINORIY (anti … va Yunoncha klino — og’diraman va orpos — tog’) — yer po’sti geosinklinal oblastining uzoq vaqt ko’tarilishi natijasida vujudga keladigan yirik (bir necha o’n km va yuz kilometrga cho’zilgan) va murakkab antiklinal shakldagi burma. Antiklinoriy qanot burmalarida paydo bo’lgan bir necha qator mayda burmalar ba’zan siljimalar bo’lganligi tufayli murakkablashadi. Ko’pincha, Antiklinoriyning Markaziy (ustki) qismida intruziv jinslar bo’ladi. Chatqol tizmasi Antiklinoriyga misol bo’la oladi.