ANTINOMIYA
ANTINOMIYA (Yunoncha antinomia — qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa o’rtasidagi ziddiyat. Qadimgi dunyo mutafakkirlari asarlarida Antinomiya aporiya shaklida ishlatilgan. 18-asrda Antinomiya haqidagi ta’limotni Kant ishlab chiqdi. Uningcha, inson aqli olamning mohiyatini bilmoqchi bo’lsa, bir-biriga zid bo’lgan xulosalarga keladi. Kant fikricha, shu tarzda to’rtta Antinomiya vujudga keladi: 1. Olam chekli va cheksiz. 2. Har bir murakkab javhar — substantsiya oddiy narsalardan tuziladi va hech qanday oddiy narsa yo’q. 3. Olamda erkinlik mavjud va determinizm hukmronpik keladi. 4. Olamning bosh sababchisi (Xudo) mavjud va olamning bosh sababchisi yo’q. Kantning bu ta’limoti agnostisizm bilan bog’langan. Antinomiya real olamning dialektik ziddiyatga ega ekanligini ifodalaydi.