ANTIPIROGENLAR
ANTIPIROGENLAR (anti … va Yunoncha rug — olov va genos — tug’ilish) — ko’mir, rudalar va boshqalarning o’z-o’zidan yonishiga to’sqinlik qiluvchi moddalar. Antipirogenlar sifatida suv, natriy silikat eritmalari, parda hosil qiluvchi eritmalar, oksidlanish ingibitorlari va boshqa qo’llaniladi. Antipirogenlar rudalardagi yong’inni o’chirish uchun ishlatiladi.