ANTRATSEN MOYI
ANTRATSEN MOYI – toshko’mir smolasining 270 — 360° da qaynaydigan fraktsiyasi, suvdan og’ir, yashil suyuqlik. Uning 20 — 30% ni antratsen tashkil etadi. Antratsen moyida sintetik bo’yoqlar olish uchun kerakli bo’lgan fenantren, fluoren, karbazol, akridin va boshqalar moddalar ham uchraydi.