ANTROPOMETRIYA
ANTROPOMETRIYA (antropo … va Yunoncha metreo — o’lchayman) — antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi a’zolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazolar) o’zgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan ma’lumotlar organizm ning ayrim bo’laklari (bosh, bo’yin, ko’krak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qo’l va oyoqlar) ga taqqoslanib, o’sishi yoki o’zgarishi kuzatib boriladi. Uzunlik, kenglik va burchak belgilari Antropometriya asboblari (uchi do’mboq tsirkul, sirg’anuvchi tsirkul, koordinatali tsirkul, odam bo’yini o’lchovchi antropometr, burchakni o’lchovchi goniometr va jag’ni o’lchovchi mandibulometr va hokazolar) yordamida o’lchanadi. Tana, ayniqsa bosh, yuz, burun, labning o’lchash mumkin bo’lmaydigan belgilari — rang va shakllari maxsus ishlab chiqilgan shkala va etalonlarga qarab aniqlanadi. Antropometriya ma’lumotlaridan kriminalistikada jinoyatchilarni tavsiflash va aniqlashda ham foydalaniladi.