ANTROPOMORFIZM
ANTROPOMORFIZM (antropo … va Yunoncha morphe — shakl, ko’rinish) — Xudo hamda ilohiy kuchlarni, tabiatdagi narsa, hodisalarni inson qiyofasida tasavvur qilish Antropomorfizm qadimgi yunonlar dinida keng tarqalgan edi. Ularning tasavvuricha, xudolar insonga xos xususiyatlarga ega bo’lib, abadiy yashaydi. Antropomorfizm hozirgi zamon dinlarining ko’piga xos bo’lsada, Islom va iudaizm (yahudiy) dini uni tan olmaydi. Islomda Xudoni insonga o’xshatib tasavvur etish va odam qiyofasida rasmga tushirish man etilgan.