Anvar qori Tursunov (1958-2018)

Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida tug‘ilgan. 1981 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.

Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatlarini 1981-1984 yillarda – “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. 1984-1987 yillarda – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida, 1987-1989 yillarda esa Toshkent shahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodim bo‘lib faoliyat yuritgan.  1989-1994 yillarda — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir. 1994-1999 yillarda – Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi bo‘lgan. 1999–yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.

Anvar qori Tursunov 1989-1992 yillarda Qur’oni karimning birinchi tarjimasiga (Shayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan.