APEYRON

APEYRON (Yunoncha apeiron — cheksiz) — falsafa tarixiga yunon faylasufi Anaksimandr tomonidan kiritilgan tushuncha. Apeyron tushunchasi materiya haqidagi tasavvurlar taraqqiyotida olg’a qo’yilgan qadam edi, chunki o’sha davrda hamma narsaning asosi suv yoki havo, degan tasavvur mavjud edi. Anaksimandr esa materiya tushunchasini Apeyron termini bilan atadi. Apeyron hech qanday sifatga ega emas, biroq hamma muayyan jismlarning asosidir; birbiriga qarama-qarshi bo’lgan issiqlik va sovuqlikni quruqlik va namlikni o’zidan chiqara borib, abadiy mavjud bo’ladi, boshqa jismlarni vujudga keltiradi. Apeyron tushunchasida Anaksimandrning sodda dialektik qarashlari o’z ifodasini topgan.