APNOYE

APNOYE (Yunoncha apnoia — nafasning to’xtashi) — qonda karbonat angidrid gazining miqdori kamayib ketishi natijasida nafasning vaqtincha to’xtab qolishi. Ba’zan teri reseptorlarini kuchli ta’sirlaganda (masalan, birdan sovuq suvga tushilganda) ham Apnoye ro’y beradi. Yangi tug’ilgan bolada Apnoe 10 minutcha davom etadi, chunki uning qonida kislorod miqdori katta yoshdagi odamlar qonidagiga nisbatan ko’proq bo’ladi.