APO

APO … (Yunoncha aro — … dan) — qo’shma so’zlar bo’lagi, biror narsa yo’qligini, inkorni; biror narsadan paydo bo’lganlikni bildiradi (masalan, apoxromat).

APO — Filippindagi vulkan, mamlakatning dengiz sathidan eng baland nuqtasi (2965 metr), Mindanao orolida. Yon bag’irlaridan sulfit angidrid, karbonat angidrid, suv bug’lari chiqib turadi. Apo Apo milliy parki hududida joylashgan.