APOKALIPSIS

APOKALIPSIS (Yunoncha apokalypsis — bashorat) — yahudiy va xristian dinlarining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristian dinining paydo bo’lishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yozuvlar vujudga kelgan, lekin ulardan faqat bittasi — «Ioann (Yuhanno) karomati» xristianlikda Bibliya kanoniga kiritilgan, qolganlari: «Qadimgi ahd» asarlaridan Ezdra va Varux Apokalipsislari, «Yangi ahd» adabiyotidan Petr, Mess, Zostrian karomatlari va hokazo apokrif (soxta) deb e’lon qilingan. Shuning uchun Apokalipsis termini xristian an’anasida faqat «Ioann karomati» (68 — 69-yillarda tuzilgan) ga nisbatan ishlatiladi. «Ioann karomati» o’z mazmuni bilan «Qadimgi ahd» yozuvlariga yaqin. Shunday bo’lsada yirik ruhoniylar (masalan, Lyuter, Svingli) Apokalipsisga gumon bilan qaraganlar.