ARAXOSIYA
ARAXOSIYA — Afg’onistondagi qadimgi viloyat. Tarkibiga Arg’indob, Argaston daryolari havzasi va G’azni atrofi kirgan. Markazi hozirgi Qandahor shahri atrofida bo’lgan. Araxosiya o’z davrida Axomaniylar, Iskandar Maqduniy, Salavkiylar, Mauriyalar, Baqtriya, Parfiya, Kushon podsholari qo’l ostida bo’lgan. Ayrim yunon, sak va Parfiya podsholari Araxosiyada mustaqil mulk barpo etib, Araxosiyaning asosiy shaharlari — Aleksandriya, Araxosiya va Aleksandropolda tanga pullar zarb etishgan. 1958 yil Araxosiya hududida, Qandahor yaqinida Ashokannng yunonoromiy yozuvi topilgan.