ARBER

ARBER (Arber) Verner (1929) – Shveytsariya genetigi. Bakteriyalarda restriktaza — hujayraga tushib qolgan begona DNK molekulasini o’ziga xos parchalovchi fermentlarni kashf qilgan. D. Natane va X. Smit bilan birga Nobel mukofoti laureati (1978).