ARBUZOV REAKTSIYASI
ARBUZOV REAKTSIYASI – 3 valentli fosfor efirlari (fosfitlar, fosforitlar, fosfinlar va ular ayrim hosilalari) ning alkillovchi yoki arillovchi reagentlar ta’sirida fosfor — uglerod bog’i hosil qilib qayta guruhlanishi natijasida 5 valentli fosfor birikmalariga aylanish reaktsiyasi. Arbuzov reaktsiyasida alkillovchi va arillovchi moddalar sifatida alkil-va alkilengalogenidlar geterosiklik birikmalarining galogenli hosilalari, karbon kislotalar angidridlari va boshqalar ishtirok etishi mumkin. Arbuzov reaktsiyasi fosfor — uglerod bog’li birikmalar, pestisidlar, shifobaxsh preparatlar, ekstragentlar va boshqa moddalarni olishda keng qo’llaniladi. Reaktsiyani A. E. Arbuzov 1905 yilda kashf qilgan.