ARGUN

ARGUN — Rossiya Federatsiyasi va Xitoydagi daryo. Amur daryosini hosil qiladigan o’ng irmog’i. Uzunligi 1620 kilometr. Havzasining maydoni 164 ming kilometr kvadrat. O’rtacha suv sarfi 340 m3/ sek. Katta Xingan tizmasining g’arbiy yon bag’ridan xaylar nomi bilan boshlanadi. Tog’dan chiqqach, keng vodiydan oqadi. Irmoqlari: o’ngdan Genxe, Nyuerxe, chapdan urov, Uryumkan, Gazimur. Argun havzasida maydoni qariyb 51 kilometr kvadrat bo’lgan 1,8 ming ko’l bor. Argunda 60 ga yaqin baliq turi mavjud.