Arizacho’p

Arizacho’p (arabcha, forscha)-uzunchoq, ichik kovak, chiroyli ishlanib, sirti naqshlangan yog’och g’ilof. O’rta asrlarda Turkiston xonliklaridagi amaldorlar o’zaro yozgan ariza va iltimosnomalarini Arizacho’pda choparlar orqali yuborganlar.