ARKTIKA HAVOSI

ARKTIKA HAVOSI — Arktika ustida shakllanadigan havo massasi. Temperaturasi past (6° dan — 60° gacha), namligi kam (yiliga 75 — 400 millimetr yog’in yog’adi), shaffofligi yuqori, chunki yozda quyosh pastda bo’lganidan erni unchalik isitmaydi, bug’lanish oz bo’lganidan mutlaq namlik kam. Tsiklon jarayoni ta’sirida ancha quyi kengliklarga ham yoyilib, u yerlarni sovitib yuborishga olib keladi. Arktika havosi harakatlanib, O’rta dengizga, O’rta Osiyo va Sibir tekisliklariga ham etishi mumkin, lekin uni tog’tizmalari (Alp, Kavkaz toglari va boshqa) tutib qoladi. Arktika havosi quyi kengliklarda harakatlanganda undan pastdagi sirtning qandayligiga qarab xossalari o’zgarib turadi.