Armatollar

Armatollar (yunoncha armatoloi, armato-qurollangan odam so’zidan)-Gretsiyada usmoniylar hukmronligi davrida turk hokimiyati xizmatidagi ichki qo’riqlash otryadlari Armatollar nazorati ostidagi dastlabki rayonlar – armatolliklar XV asr o’rtalaridagi tog’li rayon – Agrafada paydo bo’lgan. Armatollarning asosiy vazifasi tartibni saqlash va kleftlar hamda gayduklar otryadlarini ta’qib etish hisoblangan. Ba’zan Armatollar safiga sobiq gayduklar ham qabul qilingan. Armatollar kapitanlar va protopaliklar tomonidan boshqarilgan. XIX asrda Armatollar mustaqil Gretsiya davlati qurolli kuchlari asosini tashkil etgan. Mashhur Armatollar: Teodoros Kolokotronis, Geogrios Karaiskakis, Odissey Andrutsos, Afanasiy Dyak, Olimpios Georgakis.