ARSAMUX I
ARSAMUX I (milodiy 2-asr oxiri — 3-asr boshlari) — qadimgi siyovushiylar sulolasidan bo’lgan Xorazmshoh. Arsamux I va uning nomidan xotini zarb etgan tangalar Xorazmiy yozuvi bitilgan eng dastlabki tangalar hamda Xorazmiy yozuvining eng qadimgi yodgorligidir. Bu tangalarda Arsamux I cho’qqi qalpoq kiygan sersoqol podshoh ko’rinishida tasvirlangan. Tanga tagida Xorazmiy harflarda — «podshoh Ars [a] mux» so’zi bitilgan, hamda S shaklidagi tamg’a, «Xorazm chavandozi»ning surati berilgan. Ad.: Tolstov S. P., Po sledam drevne-xorezmiyskoy tsivilizasii, M.—L., 1948.
O‘xshash so‘zlar
- ARSENAL haqida nimani bilasiz?
- ARSENATLAR haqida nimani bilasiz?
- ARSENIDLAR haqida nimani bilasiz?
- ARSENITLAR haqida nimani bilasiz?
- ARSENOPIRIT haqida nimani bilasiz?
- ARSHAK haqida nimani bilasiz?
- ARSHAKIYLAR Parfiya podsholari sulolasi haqida nimani bilasiz?
- ARSHAKIYLAR Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo’lgan shohlar sulolasi haqida nimani bilasiz?






