Arzhovli, Arzxona

Arzhovli, Arzxona (arabcha, forscha)-xonga arzga kelgan kishilar qabul qilingan joy. 1830-1838 yillarda Xivada Olloqulixon buyrug’i bilan qurilgan Toshhovlining bir qismi. Hovlining to’rida esa taxt uchun maxsus ayvon qurilgan. Arzhovli o’rtasida baland yumaloq supa bo’lib, yozda o’tov o’rnatilgan. Binoning koshin bilan qoplangan silliq devorlari turli rangdagi nafis naqshlar solib bezatilgan. Xivaning Dishan qal’asidagi Nurullaboy saroyida ham 1904 yili qurilgan Arzhovli bor.