ASAKA TEATRI
ASAKA TEATRI — 1932 yil havaskor yoshlarning «Ko’k ko’ylak» truppasi asosida tashkil etilgan. 1935-39 yillar viloyat musiqali drama teatri deb nomlangan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan san’atkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), G’anijon Toshmatov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yo’lchiyev, G’ulomjon Ro’ziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixo’jayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon G’oziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va boshqalar. Repertuarlarida «Halima», «Nurxon», «Gulsara», «Farhod va Shirin» kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939 y.il teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va «Neftchilar» klubida faoliyat ko’rsatdi. 1959 yilda teatr «Xalq teatri»ga aylantirildi. Ad.: Rahmonov Sobirjon, Asaka, T., 1999. O’tkirbek Sulaymonov.