Asar

Asar (Arabcha — iz, qodsiq) — 1) biror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqalar ijodining mahsuli. Unda ijodkorning maqsad va fikri muayyan tarzda gavdalanadi (masalan, ilmiy Asar, adabiy Asar, musiqa, rasm, haykal va hokazo).