ASFALT-BETON YOTQIZISH MASHINASI
ASFALT-BETON YOTQIZISH MASHINASI — asfalt-beton, bitum va mineral aralashmasini bir tekis yoyib, zaminga yotqizadigan qurilma. Ish unumdorligi bo’yicha o’ta og’ir (300 temperatura/soatdan ortiq), og’ir (150-300 temperatura/soat), o’rtacha (75-150 temperatura/soat) va yengil (25 temperatura/soat gacha) turlarga, yurish qismining turi bo’yicha gusenisali, g’ildirakli va aralash xillarga bo’linadi. O’zi ag’daradigan avtomashinadan qurilma bunkeriga tashlangan aralashma kurakli ta’minlash shneklariga uzatiladi; shnek aralashmani zarur kenglikda yoyadi. Shibbalovchi g’altak aralashmani tekislaydi va zichlaydi. Yotqizilgan qatlamni tekislash plitasi pardozlaydi. Aralashma plitaga yopishmasligi uchun u maxsus qurilma bilan qizdiriladi.