ASFALT LOKLAR

ASFALT LOKLAR — bitum bilan kukun holatiga keltirilgan mineral materiallar aralashmalari. Smolali va moyli xillarga bo’linadi. Smolali Asfalt loklar unchalik ehtiyotkorlik talab qilmaydigan metall sirtlari va shu kabilarga surkaladi, moyli Asfalt loklar avtomashinalarning shassi va radiatorlari sirtiga surkash, elektr mashinalari chulg’amlari va boshqalarga shimdirish uchun ishlatiladi.