ASIKLIK BIRIKMALAR
ASIKLIK BIRIKMALAR, alifatik birikmalar — uglerod atomlari o’zaro ochiq zanjir hosil qilib birikkan organik birikmalar Asiklik birikmalar tabiiy gaz va neftda uchraydi. Biologik jarayonlarda katta rol o’ynaydi. Asiklik birikmalarga jumladan yog’lar va ularning metabolism mahsulotlari, shuningdek oqsillar tarkibidagi ko’pchilik aminokislotalar va boshqalar kiradi. Ko’pchilik o’simliklarning efir moylari tarkibida asiklik efirlar, aldegidlar, spirtlar va boshqalar bo’ladi. Yuqori molekulali Asiklik birikmalar temperatura ta’sirida quyi molekulali birikmalarga parchalanadi, katalizatorlar ishtirokida esa bu jarayon pastroq temperaturada ham sodir bo’ladi. Sanoatda ko’pchilik Asiklik birikmalarni sintez qilish uchun olefinlar, atsetilen va is gazi boshlaig’ich modda sifatida ishlatiladi. Ko’pchilik Asiklik birikmalar sintetik kauchuk, sun’iy tola, plastmassalar, doridarmon va boshqa mahsulotlar olishda foydalaniladi.