ASIMPTOTIK IFODA
ASIMPTOTIK IFODA – f(x) funktsiya approksimasiyasining bir turi. Yoyilmaga qo’shimcha hadlarni qo’shish yordamida aniqroq Asimptotik ifoda hosil qilish mumkin. Natijada funktsiyalar chekli yoki cheksiz asimptotik qatorlarga yoyiladi. Agar funktsiya yoyilmasidagi har bir had o’zidan oldingi hadga nisbatan cheksiz kichik bo’lsa, u holda funktsiya asimptotik qatorga yoyilgan deyiladi. Ko’pincha, berilgan asimptotik qatorning chekli sondagi hadlari bilan chegaralanish kifoya.