ASIMPTOTIK CHIZIQ haqida nimani bilasiz?
ASIMPTOTIK CHIZIQ – sirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan o’tuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir nuqtasidan o’tuvchi Asimptotik chiziq ayni nuqtaga urinma tekislikdan eng kam chetlashish yo’nalishida o’tadi. Umuman bunday asimptotik yo’nalishlar sirtning har bir nuqtasida ikkitadan (boshqaboshqa, ustma-ust tushadigan yoki mavhum) bo’ladi, demak, sirtning (yassimas sirtning) har bir nuqtasidan ko’pi bilan ikkitadan Asimptotik chiziq o’tadi.
O‘xshash so‘zlar
- ASIMPTOTA haqida nimani bilasiz?
- ASIMPTOTIK IFODA haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON ELEKTR DVIGATEL haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON ELEKTR MASHINA haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON GENERATOR haqida nimani bilasiz?
- ASINXRON RAQAMLI MASHINA haqida nimani bilasiz?
- ASIR haqida nimani bilasiz?
- ASIRIY kim bo’lgan?











