ASMERA
ASMERA (Asmara) — Eritreyaning poytaxti. Dengiz sathidan 2300 metr balandlikda. Aholisi 344 ming kishi (1989). Mamlakatning yirik savdo-sanoat va transport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llari tuguni. Kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik, keramika, metallsozlik korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Universitet bor.