ASROROV QUDRAT

ASROROV QUDRAT (1953.29.7, Surxondaryo viloyati Sherobod shahri) — musavvir-kulol. O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). Asrorov ijodida Surxon vohasining mehnatkash xalqi, go’zal tabiati o’z aksini topgan; milliy kulollik san’atini rivojlantirdi (ko’za, guldon, xum va boshqalar), yangi shakl va mavzular bilan boyitdi. Ayniqsa, «G’ijjakchi», «Doirachi», «Surnaychi», «Rubobchi», «Buvi», «Ip yigiruvchi», «Ayol» va boshqa asarlarida milliylik ufurib turadi. Asrorov asarlari bilan respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar) ko’rgazmalarida ishtirok etgan.