ASSIMILYATSIYA (etnografiyada) haqida nimani bilasiz?
ASSIMILYATSIYA – 1) o’xshashlik, aynanlik, qo’shilish, o’zlashtirish; 2) (etnografiyada) — bir xalqning o’z tili, madaniyati, urf-odatlari va boshqalarni yo’qotib, ikkinchi xalqqa qo’shilib ketishi; 3) (tilshunoslikda) —bir tovushning boshqa bir tovush ta’sirida unga o’xshab ketishi yoki bir xillik kasb etishi, masalan, tuzsiz-tussiz. Assimilyatsiyaning bir necha turi farqlanadi: to’liq (yerni — yerri), to’liqsiz (o’tgan — o’tkan), progressiv — oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush o’zgarishi (o’tdi — o’tti), regressiv — keyingi tovush ta’sirida oldingi tovush o’zgarishi (so’zsiz — so’ssiz), distant — yonma-yon bo’lmagan undoshlar o’xshashi (moshkichiri — mochkichiri), kontakt — yonma-yon undoshlar o’xshashi (qo’lni-qo’lli).


