Assizlar

Assizlar (kechki lotincha assisae-majlis)-1) o’rta asrlarda Angliyada: a) qirol kengashi yig’ilishi, shuningdek, qirolning umumiy qaror va farmoyishlari. Eng mashhur Assizlardan biri Genrix II (1133-1189) tomonidan e’lon qilingan Buyuk Assizlar; b) sud da’volarining maxsus ko’rinishi; v) sayyor sud majlislari; g) qasamxo’rlar sudi; 2) o’rta asrlarda Fransiyada vorislik huquqiga ega senorlarning meros huquqi haqidagi farmoyishlari. Eng mashhurlari Bretan va Shampan feodallarining feodni meros qoldirish haqidagi Assizlari (XII-XIV asrlar); 3) Assizlar termini boshqa mamlakatlarda ham bo’lgan. Masalan, Quddus Assizlari-salibchilar tomonidan tashkil etilgan Quddus qirolligida (1099) sudlar ishiga rahbarlik qilish vazifasini o’tagan qonunlar to’plami.