ATEY
ATEY (taxminan miloddan avvalgi 429-339) — skiflar shohi. Atey davrida skif yerlari yanada kengayib Dunay ortidagi Dobruja, Bujoq Dashti (qadimgi Get sahrosi) ni ham qamrab olgan. Miloddan avvalgi 4-asrda agafirslar (skif qavmi) tomonidan ozod qilingan. Karpat bo’yi o’rmon-dasht mintaqasida getlar yashardilar. Karpat bo’yining g’arbiy qismi Germaniya va Dunayning boshlanish yerigacha bo’lgan hududda daklar yashardilar, ular Strabonning yozishicha, getlar bilan bir tilda gaplashganlar, lekin ular faqat milodning dastlabki asrlaridagina mashhur bo’lishgan. Atey Dunay bo’yi (Istra)ning mahalliy aholisi — istrianlar hamda Dunayning so’l sohilini bosib olgan getlar bilan og’ir janglar olib borgan. Filipp II skiflar yurtiga bostirib kirib, skif qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratgan, miloddan avvalgi 339 yil Atey ushbu jangda halok bo’lgan.