ATMOSFERA BOSIMI
ATMOSFERA BOSIMI – atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga ko’rsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi. Simobli barometr bilan o’lchanadi. Atmosfera bosimi Dina/santimetr kvadrat, MB yoki mm sim. ust., gPa bilan ifodalanadi. Dengiz sathidagi o’rtacha Atmosfera bosimi yoki normal bosim Ro q 760 millimetr sim. ust.ga yoki 1013,25 g-Pa ga teng. Balandlikka ko’tarilgan sari Atmosfera bosimi kamayadi. Pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda esa sekinroq kamayadi, dengiz sathidan 6 kilometr balandlikda Atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi. Atmosfera bosimi balandlik bilangina emas, balki yer yuzining bir nuqtasidan ikkinchi bir nuqgasiga o’tganda, shuningdek vaqt o’tishi bilan ham o’zgaradi. Natijada yer yuzida bosimi pastlashgan tsiklonlar, bosimi yuqorilashgan antisiklonlar va to’lqinli bosim sohalarini kuzatamiz. Bu sohada havo temperaturasi, zichligi va oqimi o’zgaradi, shuningdek atmosfera girdoblari hosil bo’ladi va boshqalar. Butun yer sharida 5 kilometr balandlikdan boshlab ekvatordan qutb hududlari tomon Atmosfera bosimi kamayib boradi.