ATOM YADROSI MOMENTLARI

ATOM YADROSI MOMENTLARI – atom yadrosining mexanik moment (Spin) G’, magnit moment ts va elektr momentlari. Atom yadrosini tashkil qiluvchi nuklonlar yadrodagi harakatlari tufayli orbital harakat miqdori momenti (G’) ni hosil qiladi. Nuklon spini G’ bilan qo’shilib, nuklonning to’la momenti j ni tashkil qiladi. Atom yadrosining mexanik momenti yadroni tashkil qiluvchi nuklonlarningu lari kombinasiyasi yig’indisiga teng bo’ladi. Odatda, atom yadrosining mexanik momenti shu yadroning spini deb ataladi. Atom yadrosining magnit momenti ts uni tashkil qiluvchi nuklonlarning xususiy magnit momentlari yig’indisidan iborat. Atom yadrolari magnit momentlardan tashqari elektr momentlarga ham ega bo’ladi. Bu momentlar yadrodagi zaryadlarning taqsimlanishiga bog’liq.